5 294
O‘z o‘g‘liga yolg‘on tashxis qo‘yib, 8 oy davomida pul ishlab kelgan ota-ona hibsga olindi
Amerikaning Florida shtatidan bo‘lgan ota-ona xayriya pullarini yig‘ish maqsadida o‘z o‘g‘lini miyangda saraton bor deya sakkiz oy aldab keldi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Jinni Long va Robert Long 1 fevral kuni hibsga olingan. Ular bolalarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish va ta’magirlik ayblovlari qo‘yilgan.
Miami Herald’ning yozishicha, ota-ona o‘z farzandiga qo‘yilgan tashxisni o‘tgan yilning may oyida o‘ylab topgan. Ular o‘g‘liga miyasida saraton borligini va u Rojdestvo bayramiga qadar o‘lishini aytgan. Bundan tashqari ular o‘g‘li o‘qiydigan maktabda xayriya futbolkalarini sotishni yo‘lga qo‘ygan va GoFundMe’da kraudfanding akkauntini ochgan.
Tergov ishlari o‘tgan yilning noyabrida, mazkur juftlik o‘z farzandida mavjud bo‘lmagan kasallik sababli pul ishlashda gumon qilingani sabab boshlangan. Tekshiruvlar sakkiz oy davomida o‘limga tayyorlangan bolakayda saraton yo‘qligini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi