KXDR rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni Shimoliy Koreyaga taklif qildi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Janubiy Koreya prezidentiga «qisqa vaqt ichida» Pxenyanga tashrif buyurish borasidagi taklifni KXDR rahbarining singlisi Kim Yo Chjon yetkazdi.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi prezident saroyiga tashrif buyurdi va Janubiy Koreya prezidenti uyushtirgan tushlikda ishtirok etdi.
Mun Chje In agarda kerakli barcha «sharoitlar yaratilsa» KXDRga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi.
«Kelinglar, kelajakda zaruriy barcha shart-sharoitlarni yaratib, yakdil kelishuvga erishaylik», — dedi «janub» yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon hamda 21 kishidan iborat delegatsiya Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari tomosha qilish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi