Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning aytishicha, Skripal ishida yangi faktlar yuzaga kelmoqda va bu faktlar ishni «boshdan oyoq» o‘zgartirib yuborishga qodir, deb yozadi Kun nashri.
«Yangi va yangi qiziqarli faktlar hamda guvohlar paydo bo‘lmoqda, bular ajoyib kunlarning birida ishni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Menda oxirgi vaqtlarda qator savollar yuzaga kelmoqda, umuman u yerda bola bo‘lganmi?» — deya qayd etgan u.
5 aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashining ochiq majlisi vaqtida Nebenzya Skripal ishida qator «g‘alatiliklar» borligini qayd etgandi.
«Sergey va Yuliya qanday qilib zaharlanishdan keyin ham bir necha soat, politsiya serjanti Nik Beyli kelguniga qadar normal holatda qolishi mumkin? Serjant esa darhol hushini yo‘qotganku? Umuman, ular qanday qilib tirik qolishgan? Omon qolishning yagona yo‘li — darhol antidot berilishi. Bu shubhali ishda juda ko‘p savollar bor», — degan u.
Rossiya Razvedka boshqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi, Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgani uchun 2006 yilda qo‘lga tushib qamalgan, 2011 yili asirlar almashishi doirasida Buyuk Britaniyaga topshirilgan Sergey Skripal hamda uning qizi Yuliya 4 mart kuni Angliya janubidagi Solsberi shahrida 4 mart kuni hushsiz holatda topilgandi. London ushbu suiqasd uchun javobgarlikni Moskva zimmasiga yukladi. Rossiya barcha ayblovlarni inkor etdi. Bu mojaro tufayli Buyuk Britaniya va G‘arbning 30 ga yaqin davlati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi. Moskva ham shunday javob qaytardi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi