Yozgan kitoblari, tadqiqotlari va teledasturlari bilan shuhrat qozongan Mehmet O‘z AQSh prezidenti Donald Trampning sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibiga kiritildi. Bu haqda «Hurriyet»ga tayanib «Xabar.uz» xabar bermoqda.
AQSh prezidentiga maslahat beradigan kengashlarning ahamiyati juda katta. Bu kengashlar tarkibiga juda kuchli mutaxassislar kiritiladi.
AQSh prezidentining sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibidan ayni paytda Mehmet O‘z bilan birga Amerikaning «New England Patriots» futbol jamoasi bosh murabbiyi Bill Belichik hamda «Incredible Hulk» seriali bosh qahramoni Dou Ferrigno ham o‘rin olgan.
Tramp Mehmet O‘zni jamoaga tanishtirar ekan: «Ikki yil mobaynida mening sport mashqlarim va taomlanishim bo‘yicha menga maslahat beradi», – degan.
«New York Daily News» gazetasi Mehmet O‘zning AQSh prezidentiga maxsus vakil bo‘lishga munosib emasligini yozgan.
Donald Tramp saylov arafasida Mehmet O‘z bilan bir teledasturda suhbatlashgan va o‘zining sog‘lig‘i haqida so‘ragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi