11:35 / 08.05.2024
72

BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi

BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Foto: Reuters
Isroil rasmiylari Rafahda operatsiya boshlash chog‘ida G‘azo sektoridan aholini evakuatsiya qilishda xalqaro huquqning barcha beshta normasini buzgan. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Yens Layerke xabar berdi.

Konfliktli vaziyatlarda tinch aholini evakuatsiya qilish xalqaro huquq bilan qat’iy tartibga solinadi. Avvalambor aholi ulgurishi uchun ular oldindan ogohlantirilishi kerak. Rafahda bunday bo‘lmagan”, — dedi u.

Layerkening ta’kidlashicha, evakuatsiya marshrutining xavfsizligi va gumanitar yordamining mavjudligi ham ta’minlanmagan. Bundan tashqari, aholi ko‘chib o‘tadigan hududlar qochqinlarni joylashtirish uchun yetarli infratuzilmaga ega bo‘lishi, ko‘chib o‘tganlar qayta olishi kerak.

G‘azoda hozirda infratuzilma yo‘q. Ko‘chirilgan aholi keyinchalik o‘zining hududiga qaytib borishi kerak. Qaytishda biror narsa qolishi dargumon”,— dedi Layerke.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasani Isroilning mazkur harakatlari harbiy jinoyatdan dalolat berishini ta’kidladi.

Odamlar yana majburan, ba’zan to‘rtinchi, beshinchi yoki oltinchi marta xavfsiz bo‘lmagan joylarga ko‘chirilmoqda. Xalqaro gumanitar huquq, agar tinch aholi xavfsizligi ta’minlanmasa, konflikt bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ularning ko‘chirilishini taqiqlaydi. Normalarga rioya qilmaslik majburiy ko‘chirishga olib keladi va bu harbiy jinoyatdir. Unda xalqaro huquqni buzgan holda amalga oshirilayotgani alomatlari mavjud”, — dedi Ravina Shamdasani.

U ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lganlar orasida urush tufayli nogiron bo‘lib qolganlar ham borligi, ba’zilari dializ bilan davolanishga muhtojligi va ular infratuzilma yetarli bo‘lmagan joylarga ko‘chirilganini aytdi.

Isroilning Rafahdagi amaliyoti

6 may kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorining janubidagi Rafahning sharqiy hududlarida harbiy amaliyotlar boshladi. U yerda yashagan bir yarim millionga yaqin falastinlik G‘azoning shimol va markaziy qismiga qochishga majbur bo‘ldi.

Isroil bosh vaziri idorasi garovga olinganlarni ozod qilish masalasida HAMASga bosim o‘tkazish uchun Rafahdagi amaliyotni davom ettirishga bir ovozdan qaror qilgan. Bundan tashqari, Isroil harbiylari G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishiga imkon beruvchi — Rafah va Kerem Shalom nazorat o‘tkazish punktining Falastin qismini egallab olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi