— Tish og‘rig‘i – eng yoqimsiz va qiynoqli hislardan biridir. Albatta tishlar og‘riy boshlaganda shifokorga murojaat qilish zarur. Lekin ba’zan shunday vaziyatlar bo‘ladiki, dam olish uchun toqqa chiqqanda, favqulodda holatlar yuz berganda yoki aynan siz davolanadigan shifokoringiz mehnat ta’tilida bo‘lganida uy sharoitida og‘riq qoldiruvchi usullarni qo‘llash kerak bo‘ladi.
Quyida tish og‘rig‘ini qoldiruvchi bir necha oddiy usullar bilan tanishtiramiz:
Iste’mol sodasi: 1 choy qoshiq sodani 1 stakan iliq suvga yaxshilab aralashtiring. Suvda soda qoldiqlari bo‘lmasligi kerak. Ushbu suyuqlik bilan har 3 soatda og‘iz bo‘shlig‘ini chayish lozim. Agar aralashmaga 3 tomchi yod qo‘shilsa, samarasi yanada yaxshi bo‘ladi. Bu usul kuchli og‘riqni qoldirmasligi mumkin, lekin milklar shamollashini olishi, og‘riq joyini tinchlantirishiga katta yordam beradi.
Choy va sarimsoqli aralashma: Sarimsoq og‘riq qoldiruvchi eng kuchli vosita ekani ko‘pchilikka ma’lum. Lekin uning ko‘k choy bilan “hamkor”likda nimalarga qodirligini kamchilik biladi. Buning uchun 1,5 osh qoshiq ko‘k choyni 1 stakan suvga damlang. 10 daqiqa tindiring. Unga 5 dona sarimsoq donasini qirg‘ichdan chiqarib qo‘shing. Yaxshilab aralashtirib, yana 10 daqiqa tindiring. Ushbu suyuqlik bilan og‘iz bo‘shlig‘ini chaying. Og‘izni chayish jarayonida suyuqlik aynan og‘riyotgan tishga tegishiga e’tibor bering. Bu muoalajani bir kunda bir necha marotaba takrorlang va qarabsizki, og‘riqlar taqa-taq to‘xtaydi.
Eng oddiy usul: Tish og‘riganda oyog‘ingizni (iloji bo‘lsa tizzagacha) 20 daqiqa issiq suvda vanna qiling.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi