AQShning Massachusets shtatidagi umumiy klinik shifoxonaning tadqiqotchilari semizlik ko‘krak bezi saratonini muvaffaqiyatli davolashga to‘sqinlik qilishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda «EurekAlert!» nashri ma’lumotiga asoslanib «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlarning deyarli 70 foizi ortiqcha vaznga ega. Natijada o‘smalarda yog‘ to‘qimalarining katta qismi to‘planadi. Bundan tashqari, semizlik yallig‘lanish va angiogen omillar darajasini oshishiga olib keladi. Bularning barchasi birgalikda qon tomirlarining endotelial o‘sish omili (VEGF) faoliyatini blokirovka qiladigan bevatsizumab preparatiga ta’sirchanlikni kamaytiradi. Mazkur preparat angiogenez va metastazlarning rivojlanishiga qarshi kurashish uchun ishlatiladi.
Tadqiqotchilar ko‘krak bezi saratoniga chalingan 99 nafar bemorda bevatsizumab terapiyasining samaradorligini tahlil qildilar. Dori faqatgina bemorlarning kichik bir qismida o‘z samarasini bergan. Tana vazni indeksi yuqori (25 dan ortiq) bo‘lganlarda o‘smalar 33 foiz ko‘p bo‘lgan.
O‘smalardagi yog‘ to‘qimasida ozroq qon tomirlari ham bo‘lib, bu preparatning o‘smalar ichiga singishini qiyinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi