18:20 / 10.04.2018
7 393

Olimlar dunyodagi eng achchiq qalampirni iste’mol qilish oqibatini aniqlashdi

Olimlar dunyodagi eng achchiq qalampirni iste’mol qilish oqibatini aniqlashdi
Yosh erkakda u «Karolina o‘roqchisi» turidagi chili qalampirini iste’mol qilganidan so‘ng juda kuchli bosh og‘rig‘i paydo bo‘ldi. Ushbu mahsulot Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida kiritilgan. Og‘riq bir necha kun davom etgan va shu darajada chidab bo‘lmas holatga kelganki, erkak hattoki shifoxonaga murojaat qildi. Shifokorlar ushbu holat haqida BMJ Case Reports jurnalida ma’lumot berganligini Kun nashri ma’lum qildi.

U shifokorlarga murojaat qilgan paytida og‘riq bo‘yinni ham qamrab olgan. Shifoxonada mutaxassislar qator nevrologik testlarni o‘tkazishdi, biroq hech qanday buzilishlarni aniqlashmagan. Biroq kompyuter tomografiyasi miyadagi bir nechta arteriyalar qisqarganini ko‘rsatdi. Bu tashxis qo‘yishga imkon berdi – qaytariluvchi serebral vazokostriktor sindrom. Uni serebral vazospazm bilan kechuvchi bosh og‘rig‘i deb ham atashadi – u bir daqiqa ichida juda kuchli darajaga yetuvchi bosh og‘rig‘i va arteriyalarning qisqarishi bilan kechadi.

Sindrom tibbiy preparatlar yoki narkotik moddalarga reaksiya sifatida paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda esa arteriyalarning qisqarishiga juda achchiq qalampir sabab bo‘lgan. Asoratlar asta-sekin yo‘qolib bordi – besh hafta o‘tib kompyuter tomografiyasi arteriyalar avvalgi holatga kelganini ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar dunyodagi eng achchiq qalampirni iste’mol qilish oqibatini aniqlashdi