
“O‘zgidromet” xabar berishicha, joriy yilning 28 mayidan 2 iyuniga qadar kutilgan yomg‘irlar tufayli mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkin.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo viloyatida esa Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlarida xavfli holatlar kutilmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari hamda Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari sel-suv xavfi ostida qolishi mumkin.
Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari; Toshkent viloyatida esa Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren hamda Olmaliq shaharlari ham shunday xavfli hududlar sifatida qayd etilmoqda.
Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida ham sel xatarlari bor.
Shu bois, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, shu yerda dam olayotganlar hamda haydovchilardan albatta ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Shu bilan birga, ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik tufayli suvlarning ko‘payishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi ham ma’lum qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar