
“O‘zgidromet” 29 may, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, ushbu hafta O‘zbekistonda havo salqinroq bo‘ladi. Bu yil yoz quruq va bir oz issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1—7-iyun kunlari respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin 35-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar