Abduqodir Husanov hayotdagi eng muhim golini urdi – Toshkentda jahon saviyasidagi to‘y

1 daqiqa o'qish67.2K
Abduqodir Husanov hayotdagi eng muhim golini urdi – Toshkentda jahon saviyasidagi to‘y
27 may kuni o‘zbekistonlik mashhur futbolchi, "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov o‘zining to‘y marosimini nishonladi. Futboldagi barqaror va ishonchli o‘yini bilan yurtdoshlar muhabbatini qozongan yosh himoyachi bu gal maydonda emas, balki hayot sahnasidagi eng muhim “o‘yin” – oila qurishda g‘alaba qozondi.

Uning to‘y marosimi Toshkentdagi yuksak darajadagi zo‘r tantanalar o‘tkaziladigan “Versal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Kecha so‘zning to‘liq ma’noda elitari shaklda tashkil etildi – nafaqat shaharning markaziy nuqtalaridan biri, balki tantananing saviyasi va mehmonlar tarkibi ham bundan darak berib turdi.

Ertalabki nahor oshiga kelgan mehmonlar orasida futbol olamidagi tanilgan shaxslar — futbolchilar, murabbiylar, klub rahbarlari, shuningdek, estrada yulduzlari, blogerlar va san’atkorlar bor edi. Yaqin tanish-bilishlar, jurnalistlar va muxlislar ham ushbu shodliktan bevosita xursand bo‘lishdi.

Videolavxada nimalar ko‘rdik?

To‘yda tushilgan suratlar va kadrlarda Husanovning samimiy tabassumi, a’lo darajada tayyorlangan smoking kiyimi, uning yonidagi qo‘llab-quvvatlovchi do‘stlar va birodarlar aks etgan. Mutaxassislar yordamida har bir detalga e’tibor qaratilib, yaqinlar bilan xotira suratlari olingan. Ayniqsa, mehmonlarning shohona qabul qilinishi va yuksak madaniyat bilan tashkil etilgan tantana Husanov oilasining urf-odatlarga va zamonaviylikka bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib turdi.

Kunning markaziy voqealaridan biri — videoproyeksiya orqali katta ekranda namoyon qilingan Abduqodir Husanovning yoshlikdan bugungi muvaffaqiyatlarigacha bo‘lgan fotolavhalari bo‘ldi. Bu lahzalar orqali nafaqat mehmonlar, balki barcha muxlislar uchun uning qanchalik fidokor, mehnatkash va o‘z maqsadidan qaytmaydigan inson ekani yana bir bor isbotlandi.

To‘y dasturxoni va an’analar

Tantananing ilk qismida an’anaviy tarzda nahor osh tarqatildi. Suratlarda ko‘rinib turibdiki, Husanov mehmonlarga shaxsan xizmat qilib, har birini izzat-ikrom bilan kutib olgan. Bu esa uning kamtarligi va samimiy munosabatiga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Shaxsiy hayotda yangi bosqich

Abduqodir Husanov uchun bu to‘y faqat bayram emas, balki mas’uliyat va hayotdagi yangi bosqichni anglatadi. Uning sportdagi yutuqlaridan tashqari, shaxsiy hayotda ham muvozanat saqlab, baxtli oila boshi bo‘lishi unga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?