O'zbekistonliklar Qurban Hayitda necha kun dam oladi?

1 daqiqa o'qish17.7K
O'zbekistonliklar Qurban Hayitda necha kun dam oladi?
2025 yilda muqaddas Qurban Hayit bayramining birinchi kuni 6 iyunga to‘g‘ri keladi, deb UPL.uz xabar berdi. Bu sana O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvolar markazi tomonidan Islom taqvimiga asosan ma’lum qilindi. Zul-hijja oyi 28 may, chorshanba kuni boshlanganligi sababli, Arafot kuni 5 iyun, Qurban hayitining birinchi kuni esa 6 iyun deb belgilandi.

Bu sana xalqaro manbalar tomonidan ham tasdiqlandi. Jumladan, 27 may kuni Saudiya Arabistoni Oliy sudi Qurban hayiti 6 iyun, juma kuni nishonlanishini ma’lum qilgan. Oradan bir kun o‘tib Qozog‘iston musulmonlar idorasi ham shunday bayonot berdi.

O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2025 yil uchun ish vaqti me’yorlarining yangilangan taqvimini e’lon qildi. Ushbu taqvim Prezidentning 2025 yil 26 martdagi PQ-124-son qaroriga muvofiq tayyorlangan. Hujjatda Qurban hayiti birinchi kuni 6 iyun, juma kuniga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, Qurban hayitining birinchi kuni bayram sifatida dam olish kuni hisoblanadi. Shunday qilib, besh kunlik ish haftasi bo‘lgan fuqarolar 6 iyundan 8 iyungacha (juma—yakshanba) 3 kunlik ta’tilga chiqishadi. Olti kunlik ish rejimida ishlovchilar esa 6 va 8 iyunda dam olishadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?