date
views 451

Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Saida Mirziyoyeva Moskvaga tashrifi yakunida Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qo‘shma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida ta’kidlandi.

Migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

O‘zaro ishonch va ochiqlik ruhida o‘tgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qat’iy ekanligini tasdiqladi.

“Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi