
Xitoylik paraplanchi Pen Yuyszyan tasodifiy ravishda 8589 metr balandlikka ko‘tarilib ketganidan keyin jarimaga tortildi va unga yarim yil davomida parvoz qilish taqiqlandi. Bu haqda The Guardian nashri Gansu provinsiyasi aviasport assotsiatsiyasi hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.
Hodisa Silyan tog‘lari hududida sodir bo‘lgan. Balandligi taxminan 3 ming metr keladigan start maydonida uskunalarini tekshirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi, kutilmagan holatda havoga ko‘tarilib, nazoratni yo‘qotgan. Penning o‘z kamerasiga tasvirlangan kadrlarda uning bulutlar orasida, havo harorati minus 35 daraja sovuqda qanday qilib kurashayotganini ko‘rish mumkin. Sportchi o‘zining bu g‘ayrioddiy parvozida muzlashdan qo‘rqib, radioaloqa orqali yerdagi xodimlar bilan aloqa o‘rnatishga uringanini ta’kidladi.
«Qo‘llarimni his etmasdim. Hamma joy muzlab qolgan, hatto radioaloqani ushlab turish ham juda qiyin edi», – deydi Pen Yuyszyan. U start joyidan 30 kilometr uzoqlikka borib qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Tergov natijalariga ko‘ra, sportchi ushbu parvoz uchun rasmiy ruxsat olmaganligi ma’lum bo‘ldi. Penning asli maqsadi paraplan bilan yuqoriga ko‘tarilish emas, balki uskunalarni faqat yerda tekshirish bo‘lgani aniqlandi. Shu bilan birga, uning Gu Chjimin ismli do‘sti bu parvoz videosini Xitoyning mashhur ijtimoiy tarmog‘i Douyin platformasiga yuklagani uchun unga ham aynan shunday jarima belgilandi. Har ikki sportchi yarim yil davomida aviatsiya sportidan chetlatildi.
Ekspertlarning qayd etishicha, 8589 metr balandlikka paraplan bilan kislorod uskunalari va maxsus vositalarsiz ko‘tarilish hayot uchun o‘ta xavfli bo‘lib, tirik qolish ehtimoli juda pastdir. Shu sababli Penning bu tasodifiy natijasi rekord sifatida qayd etilmagan. Hozirgi vaqtda bu sohadagi rasmiy jahon rekordi 2007 yilda 9946 metr balandlikka ko‘tarilgan germaniyalik Eva Visnerskiga tegishlidir.
Ayni paytda bu voqea paraplan sportchilari uchun ogohlantiruvchi signal bo‘lib qolmoqda. Sportchilarning ham, tashkilotlarning ham har qanday ekstremal vaziyatga tayyor turishlari va xavfsizlik choralariga jiddiyroq e’tibor qaratishlari lozimligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Pen Yuyszyanning hodisasi esa butun dunyodagi sportchilarga jiddiy saboq bo‘lib qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar