Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi, sport mashinalari ishlab chiqaruvchi Porsche kompaniyasi savdolar bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi. Joriy yarim yil natijalariga ko‘ra, kompaniya 126497 dona mashina sotgan.
Ushbu natijalar 2017 yilning 1-yarimyilligiga yakun yasash uchun chop etilgan. Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan 7 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.
Kompaniya savdo hajmida asosiy ulush Macan modeliga tegishli bo‘lgan. 2-o‘rinni esa Cayenne modeli egallagan. Bu mashinadan 1-yarimyillikda 35601 dona sotilgan.
Bu orada Deutsche Welle nashrining ma’lum qilishicha, kompaniya "dizel mojarosi"ga aralashgan bo‘lishi mumkin. Shtutgart prokuraturasi taxminicha, kompaniya Volkswagen’ning chiqindi gazlar bilan bog‘liq firibgarliklariga aralashgan bo‘lishi mumkin. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyada chiqindi gazlar bilan bog‘liq firibgarliklar va nohalol reklamaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi