
2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 29 mamlakatdan 56,3 ming dona yengil avtomobil import qildi. Umumiy qiymati 807,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu import o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 ming dona avtomobilga ko‘proq, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Eng ko‘p avtomobillar Xitoydan olib kelingan — 51,8 ming dona. Undan keyin Janubiy Koreya (2,5 ming), AQSh (511), Yaponiya (296) va Germaniya (265) o‘rin olgan.
Shuningdek, avtomobillar Gonkong, Rossiya, Hindiston, BAA va Avstriyadan ham import qilingan. Ammo ushbu davlatlardan olib kelingan avtomobillar soni 250 donadan kam bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar