O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon birinchiligida mutlaq peshqadam

O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon birinchiligida mutlaq peshqadam
Qisqacha

O'zbekiston yosh shaxmatchilari 15-21 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilgan Jahon birinchiligida muvaffaqiyat qozondilar. Terma jamoa 12 ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Yosh shaxmatchilar yuqori tayyorgarlik va barqaror o'yin ko'rsatib, raqobatbardosh formatlarda g'alaba qozondilar. Bu natijalar O'zbekiston shaxmat maktabining kuchayib borayotganini ko'rsatadi.

Joriy yilning 15–21 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha rapid va blis yo‘nalishlarida Jahon birinchiligi bo‘lib o‘tdi. 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli shogirdlar ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi chin ma’noda kuchlilardan ekanini namoyish etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, vatandoshlarimiz jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija nafaqat raqamlar, balki mamlakatda shaxmat maktabi tobora mustahkamlanib borayotganining yaqqol isbotidir.

Ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda yurtdoshlarimiz barqaror o‘yin, yuqori tayyorgarlik va psixologik mustahkamlik bilan ajralib turdi. Rapid va blis kabi tezkor formatlarda g‘alaba qozonish har qanday shaxmatchi uchun oson emas, ammo o‘zbekistonlik yoshlar bu sinovdan ham muvaffaqiyat bilan o‘tdi.

Sovrindorlar bilan tanishing:

U-17 (o‘g‘il bolalar):

— Omonov Asror — rapid yo‘nalishida oltin medal

— Abduhakimov Akbarali — blitsda bronza medal

U-15 (o‘g‘il bolalar):

— Bekmurodov Xumoyun — rapidda oltin, blitsda bronza medal

U-13 (o‘g‘il bolalar):

— Botiraliyev Abdumajid — rapidda kumush medal

U-9 (o‘g‘il bolalar):

— Nematillaxonov Nurmuxammad — rapidda bronza medal

U-17 (qizlar):

— Xalilova Madina — blitsda oltin, rapidda kumush medal

U-15 (qizlar):

— Olimova Ruqiya — rapidda oltin medal

U-13 (qizlar):

— Komiljonova Lazizabonu — blitsda oltin medal

— Xikmatxonova Moxinur — blitsda bronza medal

U-11 (qizlar):
— Husniddinova Husnoraxon — blitsda bronza medal

Ushbu natijalar O‘zbekiston shaxmati uchun yana bir tarixiy qadam bo‘ldi. Yoshlarning bunday yutuqlari — ertangi katta g‘alabalarga mustahkam poydevor. Qisqasi, shaxmat taxtasida O‘zbekiston nomi yana baland yangradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar