
O‘zbekistonda ayrim kasalliklarga chalingan haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka imkon beradigan kasalliklarning ro‘yxatini tasdiqlash loyihasini e’lon qildi.
Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Ro‘yxatda 17 ta kasallik keltirilgan bo‘lib, ular orasida ko‘krak qafasi, qovurg‘alar va umurtqa sinishi, astma va surunkali o‘pka kasalliklarining og‘ir shakllari, jiddiy yurak kasalliklari, uchinchi darajadagi semizlik, bo‘yi juda past bo‘lganlar hamda nevrologik va teri kasalliklari mavjud.
Shuningdek, homilador ayollarga ham xavfsizlik kamarini taqmaslik ruxsat etilishi mumkin. Mazkur kasalliklarga chalingan fuqarolarga «Elektron sog‘liqni saqlash» tizimi orqali QR-kodli elektron tibbiy ma’lumotnoma beriladi.
Bunday ma’lumotnomani fuqaro biriktirilgan poliklinikadan olish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar