
Sizning zamonaviy elektromobilingiz bor: salonda jimlik, tezkor tezlanish va shaharning turli burchaklarida quvvatlash imkoniyati. Bunday texnologiya haqiqatan ham ajoyib!
Ammo test-drayv davomida sizga bir muhim narsani aytishmaydi: elektromobilning batareyasi uning yuragi, lekin ayni paytda zaif nuqtasidir. Agar batareya ishdan chiqsa, uni almashtirish uchun katta mablag‘ talab qilinadi, bu esa, masalan, ikkinchi qo‘l Gentra mashinasi narxiga teng bo‘lishi mumkin.
SlashGear nashri jurnalisti Meri Braun elektromobil batareyalarini sekin-asta ishdan chiqaradigan 5 keng tarqalgan xatolik haqida maqola yozdi. Mana, uning maqolasidagi asosiy fikrlar: 1.
Batareyani har safar to‘liq quvvatlash odatiy emas. Doimiy ravishda 100% gacha quvvatlanish batareya hujayralarini tezroq eskiradi va zararlaydi.
Eng qulay quvvatlash darajasi 20%–80% oralig‘ida bo‘lib, uni sozlamalarda cheklash tavsiya etiladi. Agar uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lsangiz, 100% quvvatlang, lekin buni har kuni qilmaslik kerak.
2. Batareyaning quvvati 20% dan pastga tushib ketmasin.
Bu holat batareyaning kimyoviy tarkibiga zarar yetkazadi va uning ishlash muddatini qisqartiradi. Shuning uchun, quvvat darajasi 20% dan pastga tushmasidan uni zaryadlashni odat qiling.
3. Harorat sharoitlariga e’tibor bering.
Elektromobil batareyasi na juda sovuq, na juda issiq muhitni yoqtiradi. -20°C sovuqda batareya sekin quvvatlanadi va harakat masofasi qisqaradi.
+45°C issiqlikda esa batareya hujayralari qizib, tez eskiradi. Shuning uchun mashinangizni haddan tashqari issiq yoki sovuq muhitda qoldirmaslikka harakat qiling.
4. Nosoz yoki sifatsiz quvvatlash kabellaridan foydalanmang.
Agar kabelingiz shikastlangan yoki sertifikatsiyadan o‘tmagan bo‘lsa, uni almashtiring. Bunday kabellar qisqa tutashuv, hatto yong‘inga olib kelishi mumkin.
5. Dasturiy yangilanishlarni e’tiborsiz qoldirmang.
Elektromobilingiz g‘ildirakli kompyuterga o‘xshaydi. Dasturiy ta’minot yangilanishlari batareyani himoya qilish, uning quvvatlanishini yaxshilash va boshqa muammolarni bartaraf etish uchun muhim.
Yangilanishlarni o‘z vaqtida o‘rnatib turing. Elektromobilingiz batareyasini uzoq muddat ishlatishni istasangiz, ushbu maslahatlarni yodda saqlang va ularga amal qiling.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar