GM Uzbekistan zavodlarida kuniga mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqariladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov «Avtomobillarni onlayn tarzda sotuvga chiqarish to‘g‘risida» gi brifingda ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».
Shuningdek, u ilgari «O‘zavtosanoat» tizimida bunday bo‘lmaganini ta’kidladi.
«Ilgari kuniga 700—750 avtomobil ishlab chiqarilishi mumkin edi. Endi ular soni 1 100 ga yetdi. Ishlab chiqarish hajmida qanchalik tez o‘sish bo‘lsa, xaridorlar uchun kutish muddati shu darajada pasayadi», — deydi Umidjon Salimov.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili yengil avtomobillar hajmi 135 ming donani tashkil etdi. 2016 yil bilan taqqoslaganda o‘sish 58 foizdan oshdi.
Joriy yilning yanvar—sentyabr oylari mobaynida 124 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi.
Avvalroq GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi internet va mobil platforma ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Jahonga mashhur shaxslar va ularning oila a’zolari (foto)
Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi
Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda