Yevropa biznesi assotsiatsiyasi 2018 yilda Rossiyada nechta avtomobil sotilgani va ular qanday brendlarga tegishli bo‘lgani haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, 2018 yilda Rossiyada jami 1 800 591 dona yangi avtomobil sotilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2017 yilga nisbatan 12,8 foizga ko‘p.
Rossiya avtomobil bozorida 2018 yilda eng Muvaffaqiyatli brendlar quyidagilar bo‘ldi: Lada - 360, Kia – 224, Hyundai – 178, Renault – 137, Volkswagen – 113, Toyota – 108, Skoda – 81, Nissan – 80 ming dona avtomobil sotgan.
Foiz hisobida eng katta o‘sishga quyidagi kompaniyalar erishgan Mitsubishi +87 foiz, Skoda +31 foiz, Kia +25 foiz, Volkswagen +18 foiz, Lada +16 foiz, Toyota +15foiz.
Ravon brendi uchun turli sabablarga ko‘ra o‘tgan yil Rossiyada muvaffaqiyatsiz bo‘ldi desa xato bo‘lmaydi. Kompaniya savdo hajmi 2017 yilga nisbatan 66 foizga tushib ketgan. Sotilgan avtomobillar umumiy soni 5184 donani tashkil qilgan. Vaholanki, 2017 yilda kompaniya 15078 dona avtomobil sotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi