00:30 / 19.11.2020
3 898

Antimonopoliya «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha sud qarori ustidan appelyatsiya shikoyati kiritdi

Antimonopoliya «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha sud qarori ustidan appelyatsiya shikoyati kiritdi
18 noyabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan qabul qilingan «UzAuto Motors» AJning arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritdi. Qo‘mita matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan shikoyat arizasi qanoatlantirildi va Maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas, deb topildi topildi.

Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov joriy yil 26 avgust kuni Kun.uz’ga bergan intervyusida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mohiyati va voqealar rivoji haqida gapirib bergandi.

Sudya G‘olib Davlatov 30 oktabr kuni «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha o‘z qarorini sharhlab bergandi. Shundan keyin, jamoatchilikda yana savollar paydo bo‘la boshladi. Kun.uz sudyaning o‘z qaroriga bergan sharhini qonun manbalari bilan solishtirib ko‘rgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Antimonopoliya «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha sud qarori ustidan appelyatsiya shikoyati kiritdi