19:57 / 06.09.2021
4 000

Rossiyada yettita o‘q va 14 g‘ildirakli «Jiguli» yasaldi (video)

Rossiyada yettita o‘q va 14 g‘ildirakli «Jiguli» yasaldi (video)
YouTube’dagi «Garaj-54» kanalining mualliflari «Jiguli»ni yetti o‘q va 14 g‘ildirakli avtomobilga aylantirdi. Novosibirsklik ustalar «VAZ-2106»ning orqa qismiga beshta ko‘prikdan iborat trapetsiyani payvandlagan, bunda dvigatel bitta o‘qni harakatga keltiradi, qolgan 10 ta g‘ildirak ishqalanish hisobiga aylanadi, deb xabar beradi Motor.

Ustalar g‘ildiraklar uyumidan ishlangan piramidani qo‘l ostidagi bor narsadan yiqqan. Nam qoplamali yo‘lda 14 g‘ildirakli «Jiguli» qiyinchilik bilan qimirlagan va yo‘lda kichikroq ko‘tarilishni bosib o‘tgan.

Donor «Jiguli»ga 65 ot kuchini taqdim etuvchi 1,3 litrli original motor emas, balki Toyota’ning 2,0 litrli dvigateli o‘rnatilgani sabab tortish borasida muammo kuzatilmagan, dastlabki ikki uzatmada «maxluq-sedan» tezlanishni yaxshi olgan. Boshqaruv oson: gidrokuchaytirgichsiz ham rul osonlikcha buriladi.

Ammo 14 g‘ildirakli «Jiguli»da qulaylik yo‘q, chunki «podveska» deyarli mavjud emasligi sabab notekisliklardagi zarblarni faqat shinalar qaytaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada yettita o‘q va 14 g‘ildirakli «Jiguli» yasaldi (video)