Foto: Media.daimler
Myunxenda 7 sentabr kuni ochilgan Mercedes avtosalonida kelajakda elektr energiyasida harakatlanuvchi Gelandewagen’ning seriya oldi prototipi — Mercedes Concept EQG elektroyo‘ltanlamasi taqdim etildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
EQG — bu G-Class avlodining elektr energiyada harakatlanuvchi versiyasi. Unda tashuvchi konstruksiya sifatida zinali rom saqlangan. Dizayni G-Class’dagi kabi burchakli. Old tomonida radiator panjarasi imitatsiyasiga ega yorug‘lik diodlaridan iborat yaltiroq qora panel joylashgan. Mercedes’ning emblemasi esa 3D-effekt yordamida yoritiladi.
Concept EQG silliqlangan aluminiyli qotishmadan ishlangan 22 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘lib, ular o‘zining eksklyuziv dizayni bilan ajralib turadi. Zaxira g‘ildiragi saqlanadigan odatdagi joyga quvvatlantirish kabelini saqlashga mo‘ljallangan qulflanuvchi quti o‘rnatilgan.
Elektroyo‘ltanlamas — har bir g‘ildiragi uchun alohida elektromotorga ega to‘liq uzatmali model hisoblanadi. Shuningdek, unda ikki pog‘onali uzatmalar qutisi ham bo‘lib, yomon yo‘llarda harakatlanish qobiliyatini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi