00:30 / 23.01.2023
645

Mubashshir Ahmad: «Kitob yoqish qanday madaniyat va erkinlik bo‘ldi?!»

Mubashshir Ahmad: «Kitob yoqish qanday madaniyat va erkinlik bo‘ldi?!»
Shvetsiyada omma oldida va politsiya qo‘riqchiligida Qur’oni karimni yoqishdi. Va buni so‘z erkinligi, deya ta’riflashdi.

E’tibor bering, men haqorat so‘z ishlatmadim. Birovni kamsitmadim. Chunki Qur’oni karim buyuk Alloh taoloning Kalomi. Qaysidir insonning yoqishi yo haqoratlashi bilan xor bo‘lib qolmaydi.

Qiyomatga qadar U o‘z vazifasini bajaraveradi va biz musulmonlarga dasturul-amal bo‘lib qolaveradi. Binobarin U bizning qalbimizdan chuqur o‘rin olaveradi va ehtiromimizga sazovor bo‘laveradi. U to‘g‘rida boshqalarning qilmishlari bizni tubanlikka tushirmaydi va chorlamaydi.

Shunday ulug‘ va hikmatli Kitob sohiblaridan biri o‘laroq sokin mulohazamizni bayon qilaman:

1. Qur’oni karim oyatlarining ma’nolarini tafakkur bilan o‘qing. Uning ta’limotlari qiymatini baholang. Keyin o‘zingizga savol bering: bu ma’nolar nafrat qilish va tahqirlash uchun loyiqmi?

2. Shved rasmiylarining "so‘z erkinligi" deya hodisani malakalashi mantiqan qanchalar to‘g‘ri? "So‘z"ni yoqish va tahqirlash erkinlikmi yoki uni himoyalash va o‘z holiga qo‘yishmi?

3. Kitob yoqish qanday madaniyat va erkinlik bo‘ldi? Ayniqsa u millionlab inson qalbidan joy olgan va bashariyatga faqat yaxshilik ulashgan Kitob bo‘lsa!

4. Kitob yoqayotgan va buni olqishlayotgan tomonning ma’naviy va ruhiy qiyofasini tasavvur qildim va siz ham tasavvur qiling!

Men haqorat so‘z ishlatmadim. Qur’on o‘quvchisi va sevuvchisi o‘laroq aql nidosini izhor qildim, qalb nidosini emas!

Ustoz Mubashshir Ahmad

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo