Hindistonda so‘nggi bir oy ichida Maharashtra va Madhya Pradesh shtatlarida kamida 14 nafar bolaning hayotiga ziyon yetgani sababli, yo‘talga qarshi siroplarni vaqtincha taqiqlashga qaror qilindi. Bolalarda dastlab shamollash alomatlari kuzatilgani, keyinchalik ularning ahvoli og‘irlashib, buyrak yetishmovchiligi va hushdan ketish holatlari qayd etilgan.
Taqiqlangan siroplar bolalarning uyidan topilgan va ularning xavfsizligi tekshirilganidan keyin, sotilishi to‘xtatilgan. Mutaxassislar ushbu siroplarda zaharlanishni yoki kamyob Chandipura virusi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Hozirda 22 ta sirop partiyasi taqiqlangan. Rajastan shtatida ham bir necha bola ushbu siroplarni iste’mol qilgandan so‘ng vafot etgan, hatto bir shifokor siropning xavfsizligini tekshirish uchun ichib, hushidan ketgan.
2022-yilda O‘zbekistonda ham Hindistonda ishlab chiqarilgan "Dok-1 Maks" yo‘tal siropi sabab 69 nafar bolaning halok bo‘lgani ma’lum. Shunday qilib, hozirda bolalarga zarar yetkazish ehtimoli bo‘lgan preparatlarga bo‘lgan nazorat yanada kuchaytirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!