Xitoy eksperti va Pekin xalqaro biznes universiteti (UIBE)ning strategik tadqiqotlar bo‘yicha vitse-prezidenti Gon Jiong Ukrainadagi mojaroda Rossiya aniq g‘alaba qozonayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda rus armiyasi G‘arbga tomon kuniga taxminan 15 kilometr tezlikda barqaror ravishda ilgari surilmoqda. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari haqiqatni tan olishdan bosh tortmoqda va g‘alabani qayta ta’riflashga harakat qilmoqda.
Gon Jiong Rossiyaning Ukraina mojarosidagi potensial g‘alabasi yangi dunyo tartibi uchun katta oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, mamlakat inqirozdan so‘ng “to‘laqonli, obro‘li va hurmatli qutb” sifatida chiqadi. Biroq, Yevropa Ittifoqining alohida siyosiy kuch sifatida saqlanishiga shubha borligini ham bildirdi.
Xitoy Ukraina mojarosida g‘olibni e’lon qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar