Xitoyning “Baijiahao” nashri xabar berishicha, dunyo Donald Trampning baland ovozdagi bayonotlarini muhokama qilayotgan bir vaqtda, Rossiya jimgina diplomatik qadam bilan Yaponiyani hayratda qoldirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, islohot doirasida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ko‘proq vakillik berilishi zarur.
Shu bilan birga, Lavrov Rossiyaning Braziliya va Hindistonni Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo sifatida kiritish taklifini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu esa Yaponiya uchun jiddiy to‘siq bo‘lib chiqdi, chunki Tokio ham doimiy a’zolikka intilib kelmoqda.
Nashr ta’kidlashicha, Lavrovning taklifi diplomatik jihatdan o‘ta konstruktiv bo‘lib, Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga kirish orzusini amalga oshmas orzuga aylantirishi mumkin.
Lavrovning BMTdagi taklifi Yaponiyani hayratda qoldirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar