O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabrning oxirgi kunlari mamlakatimizda asosan quruq va iliq ob-havo hukm suradi. Harorat kunduzlari +26…+29 daraja atrofida, ayrim hududlarda +31 darajagacha ko‘tariladi.
Biroq 1–2 oktyabrdan boshlab vaziyat keskin o‘zgaradi: Qozog‘istondan kirib keladigan salqin va nam havo respublika bo‘ylab yomg‘irlar kelishiga sabab bo‘ladi.
1 oktyabr — Qoraqalpog‘iston, Navoiy va Toshkent viloyati shimolida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
2 oktyabr — Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi va ertalab yomg‘ir kutilmoqda.
3 oktyabr — faqat Farg‘ona vodiysida qisman yog‘ingarchilik saqlanib turadi.
Harorat 1–2 oktyabr kunlari keskin pasayadi: kechasi va ertalab +8…+13 daraja, kunduzi esa +18…+23 darajadan oshmaydi. Respublika shimolida bu ko‘rsatkich yanada past bo‘lib, kechalari +4…+9, kunduzlari esa +15…+18 darajani tashkil etadi.
3 oktyabrdan e’tiboran kunduzgi harorat 2–3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Janubiy hududlarda 1 oktyabrgacha iliq havo saqlanadi, ammo 2–3 oktyabrdan bu yerlarda ham +20…+25 darajagacha pasayish ehtimoli bor.
Shamol tezligi ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ham kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida:
28–30 sentyabrda — yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
1 oktyabrda kechasi va ertalab, shuningdek 2 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3 oktyabrda — qaytadan quruq ob-havo kutilmoqda.
Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirib, 3–8 m/s tezlikda esishi, ba’zi vaqtlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat Toshkentda:
29–30 sentyabrda kechasi +15…+17, kunduzi +26…+29 daraja.
1–2 oktyabrda kechasi +8…+11, kunduzi +18…+21 daraja.
3 oktyabrda kechasi +8…+11, kunduzi +22…+24 daraja bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!