Qozog‘istonda birinchi qor yog‘di: havo harorati –6° gacha tushdi
1 daqiqa o'qish11.8K

23-sentabr kuni Qozog‘istonning Kustanay viloyatida birinchi qor yog‘di, deb yozadi Kursiv media sayti. Ma’lumotlarga ko‘ra, kechasi harorat –6° gacha pasayishi mumkin.
Qozog‘iston meteorologik xizmatining xabariga ko‘ra, bunday erta yog‘ingarchiliklar va sovuq ob-havo sovuq antisiklon ta’siri bilan bog‘liq. Bu sovuq havo oqimi O‘zbekiston shimoliga ham yetib kelishi mumkin.
O‘zbekistonlik sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, 1–3-oktyabr kunlari shimoliy hududlarda ertalab havo harorati +3° gacha tushishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…