Samarqandda bog‘chada bolalarga sifatsiz ovqat berildi

1 daqiqa o'qish311
Samarqandda bog‘chada bolalarga sifatsiz ovqat berildi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga sifatsiz va aynigan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilgani, shuningdek, ovqatlarning gigiyena va saqlash talablariga amal qilinmagani haqida murojaat kelib tushdi. Murojaatda, shuningdek, ushbu bog‘chada 50 dan ortiq bola bir xil kasallik bilan og‘rigani ma’lum qilingan.

Mazkur holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosbat bildirib, viloyat Sanitariya va epidemiologiya jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda ishchi guruhi tuzilib, holat o‘rganildi. Ushbu tekshiruv davomida 1-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan oshpazlar ovqat tayyorlashdagi texnologiyalarga rioya etmagani va e’tiborsizliklari sababli kechki ovqatga tayyorlangan shirin kulchalarning kuydirib pishirilgani aniqlandi. Bu holat bo‘yicha autsorsing xizmatini ko‘rsatgan “Proof food” MCHJ korxonasi rahbariyatiga ogohlantirish berildi.

Tekshiruvlar natijasida autsorsing tomonidan sifatsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib berilgani haqidagi xabarlar o‘z isbotini topmadi. Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi va Sanepidqo‘mita tuman birlashmasi epidemiologlari ma’lumot berishicha, 30 sentyabrdan bugunga qadar bog‘cha yoshdagi bolalarning ovqatdan zaharlanishi haqida murojaatlar qabul qilinmagan. Shuningdek, 50 dan ortiq bolalarning bir xil kasallik bilan og‘rigani haqidagi xabar ham rad etildi.

Bu holat jamoat salomatligiga jiddiy xavf solmasdan, oilaviy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida hal qilindi. Mazkur voqea bolalarning ovqatlanish muhitiga bo‘lgan diqqatni yanada oshirishga sabab bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?