date

Markaziy bank uchta bankni 2,5 mlrd so‘mga jarimaga tortdi

Markaziy bank uchta bankni 2,5 mlrd so‘mga jarimaga tortdi

O‘zbekiston Markaziy banki uchta bankni umumiy hisobda 2,5 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortdi, deb Kursiv Media xabar berdi. Sabab — mijozlar huquqlarini buzish holatlari.
Jarimalar taqsimoti:
– Hamkorbank — 955 mln so‘m
– Davr Bank — 931 mln so‘m
– TBC Bank — 615 mln so‘m
SB ma’lum qilishicha, ushbu banklar mijozlaridan noqonuniy ushlab qolingan mablag‘larni qaytarishlari shart. Umumiy hisobda qaytariladigan summa taxminan 34,8 milliard so‘mni tashkil etadi.
Joriy yilda regulyatorga kelib tushgan 121 shikoyatdan 68 tasi mijozlar foydasiga hal etilgan. Markaziy bank moliyaviy tashkilotlar faoliyati samaradorligini nafaqat daromad yoki operatsiya hajmi, balki iste’molchilarga munosabat orqali ham baholash lozimligini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank uchta bankni 2,5 mlrd so‘mga jarimaga tortdi