Xitoyda yuz bergan hayratlanarli voqea barchani lol qoldirdi. 48 yoshli ayol tasodifan tashlandiq holdagi chuqur quduqqa yiqilib tushib, 54 soat davomida ilonlar va chivinlar orasida jon saqlab qoldi. Bu haqda South China Morning Post ma’lumot tarqatdi.
Hodisa 13-sentyabr kuni Futszyan provinsiyasi, Kuanchjou shahri yaqinidagi o‘rmon hududida sodir bo‘lgan. Ayol sayr paytida beixtiyor quduqqa tushib ketgan. Uning oila a’zolari kechasi bo‘ylab izlashgan, ammo natija chiqmagan. Shu bois 14-sentyabr kuni rasmiy ravishda bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan.
Favqulodda qutqaruv ishlari 15-sentyabr kuni boshlangan. Ayolning o‘g‘li maxsus xizmatlarga murojaat qilgach, dron bilan jihozlangan 10 kishilik guruh qidiruvga kirishdi. Jamoa rahbari Du Syaoxanning aytishicha, soat 13:45 atrofida ular zaif qichqiriq ovozini eshitishgan va tovush kelgan yo‘nalish bo‘ylab qidiruvni davom ettirib, butalar ichida yashirinib yotgan quduqni topishgan.
Ayolning o‘zi ham boshidan kechirgan dahshatli lahzalarni aytib berdi:
Qutqaruvchilar ayolni quduq devorlariga mahkam yopishib turgan holda topishgan. Darhol u Szinszyan kasalxonasiga olib borilgan va keyin Kuanchjou birinchi kasalxonasiga ko‘chirilgan.
Shifokorlar tashxisiga ko‘ra, ayolning ikki qovurg‘asi singan, o‘pkasidan kichik shish topilgan. Shuningdek, uzoq vaqt quduq devoriga yopishib turgani uchun qo‘llarida og‘ir yaralar va jarohatlar yuzaga kelgan. Tabiblar uning holati barqarorligini qayd etmoqda va bir necha kun ichida to‘liq sog‘ayishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!