Foto: Wikimedia
Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berish orqali 5,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ ishlab olgan bo‘lishi mumkin. Bu Germaniyadagi Fridrix Nauman jamg‘armasi tomonidan hisoblab chiqildi. Tadqiqot davomida razvedka xizmatlarining hisobotlari, sizib chiqqan hujjatlar, shuningdek, KXDR qurollari savdosi bo‘yicha avvalroq imzolangan bitimlar qiymati o‘rganilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, qurol savdosidan tushgan mablag‘lar Shimoliy Koreyaning butun iqtisodiyotining taxminan chorak qismini tashkil etadi. Janubiy Koreya Markaziy bankining ma’lum qilishicha, KXDR yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 23,7 milliard dollarni tashkil etgan.
KXDR qurol eksporti bo‘yicha hech qanaqa ma’lumotlarni e’lon qilmaydi, bu esa batafsil tahlillarni o‘tkazishga deyarli imkoniyat bermaydi. Janubiy Koreya maxsus xizmatlari o‘z hisobotlarini sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan suratlar orqali asoslaydi — Seul ular yordamida qo‘shni davlatdagi dengiz transportini kuzatadi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqilsa, KXDR birinchi navbatda Rossiyaga artilleriya snaryadlari va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarini yetkazib bermoqda.
Jamg‘arma tadqiqotida qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda Shimoliy Koreya qo‘shinlaridan foydalanishni boshlasa, Moskva bilan harbiy hamkorlik natijasida Pxenyanning daromadi «yuzlab million dollarga» oshishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, Kim Chen In mamlakatdagi barqarorlikni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Vladimir Putinga 20 mingdan ziyod askarini beradi, ammo buncha miqdordagi qo‘shinning frontga jalb etilishi urushni Rossiya foydasiga hal etmasligi mumkin. Mazkur qadam aks natijani — Ukrainani qo‘llab-quvvatlash faollashishiga sabab bo‘lish ehtimoli mavjud.
Jamg‘arma ma’lumotlarida keltirilishicha, KXDR va Rossiya o‘rtasidagi rasmiy savdo joriy yilning birinchi yarmida 52,9 million dollargacha o‘sgan. Bu 2023 yil davomida kuzatilgan ko‘rsatkichlardan 18,5 million dollarga ko‘p. Tahlilchilar ikki tomonlama savdo 2017 yilda Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kuchaytirilgan davrdan oldingi darajada qaytishi mumkinligini istisno etmayapti. Munosabatlar chuqurlashib borayotganiga Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi diplomatik tashriflar soni ortgani ham dalil bo‘la oladi. Yanvar oyidan beri bu turdagi uchrashuvlardan 24 tasi o‘tkazilgan — oxirgi 30 yilda esa uchrashuvlar soni yiliga beshtadan oshmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan