Foto: Defense News
Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga Rossiya hududiga zarbalar berishda ularning uzoqqa uchuvchi raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gap SCALP va Storm Shadow uzoq masofaga uchuvchi raketalari haqida ketmoqda. Nashr boshqa tafsilotlar, shuningdek, buni tasdiqlovchi manbalarni keltirmagan. Xabar AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina qo‘shinlariga Amerikaning ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etganidan keyin e’lon qilindi.
Bayden maslahatchilarining Rossiyaga zarba berishda ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Ular hozircha gap faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish haqida ketayotganini aytgan. Keyinchalik Bayden bu qurolni boshqa joylarda ham ishlatishga ruxsat berishi mumkin. Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.
The Times nashri sentyabr oyida Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaning uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanishiga cheklovlarni olib tashlash qarorini qo‘llab-quvvatlashini yozgandi. Mamlakatlar Storm Shadow va SCALP raketalarini yetkazib beradi. Biroq, ushbu raketalarning ba’zi tarkibiy qismlari Amerikada ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun AQSH ruxsati kerak.
Storm Shadow — 250 kilometrdan ortiq masofadagi obyektni nishonga olishga qodir kam ko‘zga tashlanadigan qanotli raketa. SCALP esa uning fransuzcha analogi. Buyuk Britaniya va Fransiya bunday raketalarni Ukrainaga 2023 yildan beri berib kelmoqda.
ATACMS — uzoq masofaga zarba beruvchi boshqariladigan raketa bo‘lib, u qo‘mondonlarga jangovar maydonni shakllantirish uchun zudlik bilan o‘t ochish imkonini beradi. U og‘irligi 500 funt bo‘lgan WDU18 toifasidagi fragmentar-fugasli jangovar kallak bilan jihozlangan. Maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi. ATACMS 1980 yillarda ishlab chiqilgan va birinchi marta 1991 yilda Fors ko‘rfazi urushi paytida ishlatilgan. O‘shandan beri u turli qurolli mojarolarda, jumladan, Iroq urushi va Rossiya—Ukraina urushida faol ishlatilgan.
Putin G‘arb qurollari bilan Rossiyaga zarba berish urushni anglatishini aytgandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘ra, bunday harakat “NATO, AQSH, Yevropa davlatlari Rossiya bilan urushayotganini anglatadi” va “tegishli qarorlar” qabul qilishga undaydi. Siyosatchi Rossiyaga G‘arb qurollari bilan zarbalar “tajovuzga yaqin” ekanini ta’kidlagan. Keyinchalik u Rossiyaning yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Unga ko‘ra, yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlat tomonidan amalga oshiriladigan tajovuz, agar yadroviy davlat ishtirokida yoki ko‘magida bo‘lsa, Rossiyaga qarshi qo‘shma hujum sifatida ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, Moskva ishonchli ma’lumotga ega bo‘lgan holda, “havo-kosmik hujum vositalarining ommaviy starti” va ularning chegaradan o‘tishi holatida darhol yadroviy qurol qo‘llashga o‘tishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...