22:27 / 19.11.2024
8

Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi

Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi
Foto: Global Look Press
Ukraina Qurolli kuchlari 19 noyabrga o‘tar kechasi Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga oltita uzoq masofali ATACMS raketalari bilan hujum qildi”, deya Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Rossiya harbiy idorasi bayonotida Amerikaning beshta ATACMS raketasi urib tushirilgani, bittasi shikastlangani bildirilgan. Raketa parchalari harbiy obyektning texnik hududiga qulagan va halokat joyida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ukraina hujumi oqibatida qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmadi”, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi.

19 noyabr kuni ertalab Ukraina QK bosh shtabi Bryansk viloyatidagi qurol-yarog‘ omboriga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi. Ko‘p o‘tmay Ukraina armiyasidagi manbaga tayanib, RBC Ukraina ATACMS raketalari Bryansk viloyatining Karachev shahri yaqinidagi o‘q-dorilar omboriga zarba berganini yozgan.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi ilk marta Rossiya hududidagi nishonlarga qarshi uzoq masofali Amerika raketalarini qo‘llagan.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Brayan Nikols 19 noyabr kuni Vashington Ukrainaga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat berganini amalda tasdiqlagan. Amerika OAVning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ATACMS raketalarini faqat Kursk viloyatiga uchirishga ruxsat bergan. Raketadan foydalanish geografiyasi rasman aniqlanmagan.

Ukraina AQSH qurollari bilan Rossiyaga zarba bera oladi

17 noyabr kuni The New York Times gazetasi va Reuters agentligi manbalarga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga AQSH tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali ATACMS raketalaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat etgani haqida xabar berdi. Davlat departamenti 18 noyabr kuni kechqurun bu ma’lumotni “hozircha tasdiqlay olmasliklarini” ma’lum qildi.

Foto: AFP
AQSH davlat departamenti vakili Brayan Nikols Vashington Ukrainaga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat berganini rasman tasdiqladi. Bayden maslahatchilarining ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Ular hozircha gap faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish haqida ketayotganini aytgandi. Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

ATACMS — uzoq masofaga zarba beruvchi boshqariladigan raketa bo‘lib, u qo‘mondonlarga jangovar maydonni shakllantirish uchun zudlik bilan o‘t ochish imkonini beradi. U og‘irligi 500 funt bo‘lgan WDU18 toifasidagi fragmentar-fugasli jangovar kallak bilan jihozlangan. Maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi. ATACMS 1980 yillarda ishlab chiqilgan va birinchi marta 1991 yilda Fors ko‘rfazi urushi paytida ishlatilgan. O‘shandan beri undan turli qurolli mojarolarda, jumladan, Iroq urushi va Rossiya—Ukraina urushida foydalanib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi