17:05 / 13.12.2024
8

Tadqiqot: havoning ifloslanishi odamlarda depressiyani oshiradi

Tadqiqot: havoning ifloslanishi odamlarda depressiyani oshiradi
Foto: Getty Images
Butun dunyoda millionlab odamlar xavfsizlik talablariga javob bermaydigan havodan nafas oladi. Harbin tibbiyot universiteti va Krenfild universiteti olimlari jamoasi ifloslantiruvchi moddalarning uzoq muddatli ta’siri bilan depressiya xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Bu haqda Phys xabar bermoqda.

Jamoa Xitoyning salomatlik va pensiyaga chiqish bo‘yicha uzoq muddatli tadqiqotida qatnashgan 12 000 dan ortiq ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oltingugurt dioksidi (SO₂) depressiya xavfini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib chiqdi. Havodagi qattiq mikrozarralar (PM2,5) va uglerod monooksidi (CO) ham kasallik belgilarining kuchayishiga olib keladi. Bu moddalarning birgalikdagi ta’siri natijasida ularning salbiy oqibatlari yanada ortadi. Demak, atrof-muhitning kompleks ifloslanishi jiddiy xavf tug‘diradi.

Mualliflar, shuningdek, ifloslangan havo depressiv holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mexanizmlarni ham aniqladi. Kognitiv buzilishlar va jismoniy holatning yomonlashuvi bu bog‘liqlikni qisman tushuntiradi.

Jamoat salomatligini yaxshilash uchun oltingugurt dioksidi va boshqa zaharli moddalar miqdorini maqsadli ravishda kamaytirish zarur. Bunday yondashuv nafaqat odamlarning jismoniy ahvolini yaxshilaydi, balki depressiya tarqalishini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Bu ayniqsa aholining eng zaif qatlamlari, xususan, o‘rta yoshli va keksa insonlar orasida muhim ahamiyatga ega. Tahlil ekologik muammolar va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib bermoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqot: havoning ifloslanishi odamlarda depressiyani oshiradi