28-iyul kuni Rossiyaning Kamchatka yarimorolida sodir bo‘lgan 8,8 magnitudali zilzila so‘nggi yillarning eng kuchlilaridan biri bo‘ldi. Tinch okeani bo‘ylab millionlab odamlar evakuatsiya qilindi. Ammo tahmin qilinganidek vayronkor tsunami sodir bo‘lmadi.
Kuchli zilzilaning sababi nima edi?
Kamchatka yarimoroli “Tinch okeani yong‘in halqasi”da joylashgan bo‘lib, bu mintaqa yer silkinishlari va vulqonlar bilan mashhur. Plitalarning to‘qnashuvi katta kuch to‘planishiga va “megashovqinli” zilzilaga olib keladi.
Bu turdagi zilzilalar katta hududda yuz beradi va bir necha daqiqada ulkan energiya ajraladi. Xuddi shunday zilzila 1952-yilda ham Kamchatkada sodir bo‘lgan edi.
Tsunami nega kuchsiz bo‘ldi?
Zilzila kuchli bo‘lishiga qaramay, tsunami to‘lqinlari Kamchatka sohillarida taxminan 4 metr balandlikda bo‘ldi. Bu 2004-yilgi Hind okeanidagi yoki 2011-yildagi Yaponiyadagi tsunamilarga nisbatan ancha kichikdir.
Mutaxassislarning fikricha, buning bir necha sabablari bor:
-
Zilzilaning chuqurligi (taxminan 21 km) suv ko‘tarilishini chekladi.
-
Dengiz tubi va qirg‘oq shakli to‘lqin balandligini pasaytirdi.
-
Plyaj relyefi va aholining kamligi talofatni kamaytirdi.
-
Zamonaviy ogohlantirish tizimlari odamlarning evakuatsiyasini osonlashtirdi.
Yaponiyada evakuatsiya va oldindan ogohlantirishlar
Yaponiyada 1,9 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu 2004-yilgi fojiadan farqli ravishda, mintaqadagi ilg‘or ogohlantirish markazlari tezkor choralar ko‘rishga yordam berdi. 2004-yilda bunday tizimlar yo‘q edi va natijada 230 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.