date

Durov oshkor qildi: Eng qimmat nik uchun necha pul taklif qilindi?

Durov oshkor qildi: Eng qimmat nik uchun necha pul taklif qilindi?

Sifrov aktivlar dunyosida yana bir rekord qayd etildi. Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qilishicha, mashhur @crypto nikiga ajoyib taklif tushgan — to‘rtta harfdan iborat bu nik uchun 25 million dollar taklif qilingan. Bu O‘zbekiston pulida taxminan 2 trillion so‘mdan ko‘proqni tashkil etadi, deb xabar berdi Peopletalk.

@crypto nomiga ega bo‘lgan foydalanuvchi uni 2,5 yil avval, TON blokcheyn platformasi ishga tushirilgan vaqtda 350 ming dollarga xarid qilgan. Endi esa Telegram'dagi bu oddiy ko‘ringan nikneym haqiqiy sarmoyaga aylangan: unga berilgan bahoni London yoki Nyu-York markazidagi qimmat uylar bilan qiyoslash mumkin.

Bu holat raqamli mol-mulklar, ya’ni NFTlar, domenlar yoki unikal nikneymlar yangi iqtisodiy qadriyatlarga aylanayotganini yana bir bor ko‘rsatadi. Ayniqsa, blokcheyn va kriptovalyuta sohalariga qiziquvchilar uchun bunday niklar brend qadriga ega bo‘lib bormoqda.

Pavel Durov bu voqeani e’lon qilar ekan, Telegram foydalanuvchilariga bo‘lgan munosabatini alohida ta’kidladi:

“Telegram – yagona yirik ijtimoiy platformaki, u foydalanuvchilarni ajralmas huquqlarga ega erkin shaxslar deb biladi”, – dedi u.

Uning fikricha, bu siyosat har bir foydalanuvchiga o‘z raqamli aktivini, profilini yoki kontentini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. Bu esa Telegram'ni boshqa ijtimoiy tarmoqlardan farq qiluvchi jihatlardan biriga aylantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov oshkor qildi: Eng qimmat nik uchun necha pul taklif qilindi?