date

Embrion saqlashda yangi davr: AQSHda 30 yil muzlatilgan bola dunyoga keldi

Embrion saqlashda yangi davr: AQSHda 30 yil muzlatilgan bola dunyoga keldi

Amerikada tibbiyot sohasida yangi sahifa ochildi — Ohayo shtatidagi Pirs oilasida 1994 yilda muzlatilgan embriondan o‘sgan chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi technologyreview.com. Bunday holat tarixda ilk marta qayd etildi: ushbu embrion 30 yil davomida saqlangan va endi hayotga kelgani bois, Tadeus Deniel Pirs "eng keksa embriondan tug‘ilgan bola" sifatida rekordchiga aylandi.

35 yoshli Lindsi Pirs o‘z so‘zlariga ko‘ra, og‘ir tug‘ruqni boshidan o‘tkazdi, biroq hozir u ham, yangi tug‘ilgan farzandi ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. Lindsi va uning turmush o‘rtog‘i Tim Pirs ushbu noodatiy tarixga ega embrionni "asrab olishga" qaror qilgan edi. Mazkur embrion aslida 62 yoshli Linda Archerdga tegishli bo‘lgan — u yoshligida homilador bo‘lolmagani bois, EKO (ekstrakorporal o‘g‘itlanish) usulidan foydalangan. Mutaxassislar unga to‘rtta embrion yaratgan, ulardan biri orqali u qizli bo‘lgan. Qolgan embrionlar esa muzlatilgan holda saqlanib qolgan.

Lindsi Pirs va uning eri Tim Pirs
Vaqt o‘tishi bilan Linda Archerd keyinchalik yana farzandli bo‘lish istagidan voz kechdi va o‘z embrionlarini boshqalarga taqdim etishga qaror qildi. AQSHda bu yo‘nalishda maxsus agentliklar ishlaydi va bepushtlikdan aziyat chekuvchi oilalarga embrionlar “asrab olish” imkoniyatini taqdim etadi. MIT Technology Review ta’kidlashicha, ko‘pgina agentliklar uzoq vaqt saqlangan embrionlarni qabul qilishdan ehtiyot bo‘ladi — chunki 30 yil avvalgi texnologiyalar hozirgi darajada samarali bo‘lmagan va “keksa” embrionlarning to‘liq rivojlanishi xavfliroq hisoblanadi.

"Farzandlikka oluvchi" oilalarni tanlashda embrionning biologik onasi fikri ham inobatga olinadi. Masalan, Linda Archerd embrion AQSHda yashovchi va o‘ziga dindosh bo‘lgan oilaga berilishini istagan.

Yangi hayotning dunyoga kelishi — tibbiyot va fanning muvaffaqiyati, embrionlarni uzoq muddat saqlash texnologiyalari esa kelajakda yanada rivojlanishi kutilmoqda. Bu voqea nafaqat Pirs oilasi uchun, balki butun dunyodagi minglab oilalarga umid va yangi imkoniyat eshigini ochadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Embrion saqlashda yangi davr: AQSHda 30 yil muzlatilgan bola dunyoga keldi