Anthropic kompaniyasi OpenAI’ning Claude sun’iy intellekt modellariga bo‘lgan kirish imkonini rasman chekladi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Bu qaror Claude 3 modellarining OpenAI tizimlarida, jumladan, ChatGPT yoki boshqa xizmatlarda qo‘llanilishini to‘liq to‘xtatadi. Bu esa hamkorlikning tugaganidan далолат беради.
Anthropic va OpenAI avvalroq model sinovlari yoki tahlillar uchun cheklangan darajada o‘zaro API kirish huquqiga ega bo‘lgan. Endi esa Claude API OpenAI uchun to‘liq yopildi.
Kompaniyalar bu qarorning sababini ochiqlamagan, biroq mutaxassislar bu holatni AI bozoridagi kuchli raqobat bilan bog‘lamoqda.
Claude modellar hozirda Google Cloud, Amazon Bedrock va boshqa platformalarda faol ishlatilmoqda. OpenAI esa o‘zining GPT-4o modelini ilgari surmoqda.
Bu o‘zgarishlar ikki yirik AI kompaniyasi o‘rtasidagi raqobat keskinlashганini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!