
Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga tobora ko‘proq ta’sir qilmoqda. Issiq to‘lqinlar kuchaygani sari olimlar miyaning bu holatlarga qanday javob berishini o‘rganishga kirishdi.
Mutaxassislarning aytishicha, ekstremal haroratlar insult, migren, skleroz kabi kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. London universiteti professori Sanjay Sisodiya bu boradagi ilg‘or tadqiqotchi sifatida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Iqlim o‘zgarishi nafaqat yurak yoki o‘pka salomatligiga, balki miya faoliyatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda”.
Olimlarning fikricha, haddan tashqari issiqlik miyaning haroratni tartibga soluvchi tizimini izdan chiqaradi, natijada uyqu, xulq-atvor va qaror qabul qilish jarayonlari yomonlashadi. Ba’zilar uchun bu ruhiy tushkunlik, xafagarchilikka olib keladi.
Shuningdek, homilador ayollar uchun ham xavf mavjud: tadqiqotlarga ko‘ra, issiq to‘lqinlar muddatidan oldin tug‘ruqlar va bolalarda aqliy rivojlanish muammolariga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar ogohlantiradi: “Bugungi kunda faqat nevrologik kasalliklarga chalinganlar aziyat chekmoqda, ammo ertaga bu oddiy sog‘lom insonlar uchun ham dolzarb muammo bo‘lib qolishi mumkin”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar