G‘azo shahridagi kasalxonada Nasma Ayad ojiz holga kelgan qizi Jananing sochlarini silab o‘tiribdi. U umid bilan qizining G‘azodan tibbiy evakuatsiya qilinishini kutmoqda — ammo vaqt tobora qisqarib bormoqda. Nasmaga ko‘ra, qizi har kuni ko‘z o‘ngida so‘nib bormoqda.
Sakkiz yoshli Jana Ayad balog‘atga yetmagan holsiz bolalarning timsoliga aylandi. Uning vazni atigi 11 kilogramm, ko‘rish, gapirish va oyoqqa turishda qiynalmoqda. G‘azo sharoitida murakkab kasalliklarni davolash imkoniyati deyarli yo‘q — oziq-ovqat taqchilligi, tibbiy vositalarning tanqisligi va urush tufayli ko‘plab xizmatlar to‘xtab qolgan.
"Protein va ovqat yetishmasligidan Jananing organizmida shish paydo bo‘la boshladi," — deydi bemorni davolayotgan ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, Suzan Marouf.
Jananing opasi Jouri ham og‘ir ahvolda edi. U buyrak yetishmovchiligi va ochlik sababli 20-iyul kuni vafot etdi. Nasma ikki farzandini ham chetga evakuatsiya qilishga harakat qilgan, ammo bu niyat amalga oshmadi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ularni evakuatsiya ro‘yxatiga kiritgan bo‘lsa-da, bu ish oxiriga yetkazilmadi.
BMT va xalqaro gumanitar tashkilotlar G‘azoda ochlik bilan bog‘liq vaziyatni halokatli deb atamoqda. Rasmiy raqamlarga ko‘ra, ochlik bilan bog‘liq sabablardan hozirgacha 156 kishi halok bo‘lgan, ularning 90 nafari bolalar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!