
Falastinning iqtisodiy tiklanishi kamida 15 yilni talab qiladi. Bu haqda Bag‘dodda o‘tkazilayotgan Arab davlatlari ligasi (ADL) iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha kengashi yig‘ilishida Falastin milliy iqtisodiyot vaziri Muhammad al-Amur ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi urush tugagan taqdirda ham falastinliklar hayotini avvalgi holatiga qaytarish uchun uzoq vaqt, tinimsiz mehnat va xalqaro yordam kerak bo‘ladi.
“Isroil bilan to‘qnashuvlardan keyin normal hayotga qaytish oson bo‘lmaydi. Bizga kamida 15 yil kerak bo‘ladi. Ammo shu vaziyatda ham xalqimiz matonat ko‘rsatmoqda. Bosqinchi qancha urinmasin, falastinliklar yengilmaydi”, — dedi vazir al-Amur.
“G‘azoda genotsid ketyapti, dunyo esa sukutda”
Muhammad al-Amur o‘z so‘zlarida G‘azodagi vaziyatni “genotsid” sifatida baholadi va Isroil tomonidan gumanitar yordam bloklanib kelinayotganini ta’kidladi.
“Minglab yuk mashinalari chekkada turibdi. Ularda faqat yordam bor, ammo ularni G‘azoga kiritishga ruxsat berilmayapti. Boshqa tomondan dunyo tomoshabin sifatida bu qirg‘inlarni kuzatishda davom etyapti. Bu — insoniyat uchun sharmandalik”, — dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan 1000 dan ortiq nazorat punkti iqtisodiy faollikni falaj holga keltirgan. “Bu siyosiy emas, balki iqtisodiy terrorizmdir”, — deya qo‘shimcha qildi u.
G‘azo va G‘arbiy Qirg‘oqda ishsizlik 51 foizga yetdi
Falastin iqtisodiyoti to‘liq yo‘q qilishga duch kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Qirg‘oq va G‘azo sektorida ishsizlik darajasi 51 foizdan oshgan. Bu mamlakatning barcha sohalari uchun halokat darajasida xavfli ko‘rsatkich hisoblanadi.
“2025 yilning 2 martidan beri G‘azoga bir gramm yordam ham yetkazilmadi. Isroil barcha o‘tish yo‘llarini berkitib qo‘ygan. Bu inqirozning yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda”, — deya ta’kidladi al-Amur.
Isroilning harbiy harakatlari qayta boshlandi
18 mart kuni Isroil armiyasi tinchlik rejimini buzib, G‘azo sektoriga yanada keng ko‘lamli zarbalar berishni boshladi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning idorasi bu qarorni “HAMAS muzokaralarda o‘zini ko‘rsatolmadi” deb asosladi. Maqsad — garovda ushlanganlarni ozod qilish, deb bayonot berildi.
HAMAS esa bu harakatlarga javoban, urushning qayta boshlanishi uchun mas’uliyatni Isroil va AQSH zimmasiga yukladi.
Zamin.uz tahririyati xalqaro hamjamiyatni G‘azo va butun Falastindagi fojealarga nisbatan befarq qolmaslikka, tinchlik yo‘lida amaliy harakat qilishga chaqiradi. Insoniylik – milliylik yoki siyosiy qarashlardan ustun bo‘lishi shart. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar