date

Bokuda ayollar avtobus haydashni rasman boshlab yubordi

Bokuda ayollar avtobus haydashni rasman boshlab yubordi

Ozarbayjon poytaxti Bok-u shahrida 24-noyabrdan boshlab ayol haydovchilar yo‘lovchi avtobuslarni boshqarishga kirishdi. Oxu.az xabariga ko‘ra, bu mamlakat jamoat transporti sohasida ayollar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Dastlabki bosqichda ayol haydovchilar tajribali murabbiylar kuzatuvi ostida ishlaydi. Ozarbayjon Yerusti transporti agentligi (AYNA) maxsus tayyorgarlik dasturini ishlab chiqib, nomzodlarga nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

O‘quv jarayoni haydovchilik ko‘nikmalaridan tashqari muloqot madaniyati, xizmat etikasi, xavfsizlik qoidalari va turli yo‘l sharoitlarida to‘g‘ri harakatlanishni ham qamrab olgan. Ayollar manyovr qilish, to‘xtash, parkovka qilish va avtobusni murakkab yo‘llarda boshqarish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgan.

Tayyorgarlikdan so‘ng nomzodlar maxsus marshrutlarda mustaqil haydash sinovlarini topshirdi. Ishga qabul jarayonida ular tibbiy ko‘rik, psixologik baholash va xavfsizlik talablariga moslik bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tdi. Barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlagan ayollar BakuBus tarkibiga haydovchi sifatida qabul qilindi.

Jamoat transportida ayol haydovchilar faoliyati Bok-u uchun yangi bosqich bo‘lib, sohada gender tengligini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bokuda ayollar avtobus haydashni rasman boshlab yubordi