
Namanganda IV Xalqaro asal festivali boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston va chet eldan kelgan 150 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.
Ko‘rgazmada asalning noyob turlari va asalarichilik mahsulotlari namoyish etilmoqda. Festival asalarichilik sohasida tajriba almashish va asal mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.
Shuningdek, agrar turizmni rivojlantirish va mintaqaning hunarmandchilik an’analarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Asosiy tadbirlar «Afsonalar vodiysi» tematik bog‘ida o‘tkazilmoqda.
Bu yerda 100 dan ortiq pavilyon tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy va Rossiya vakillari ham bor. Uch kunlik dastur doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, sport musobaqalari, yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari hamda ijodiy tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Festivalga 2,5 mingga yaqin xorijiy va 10 mingdan ortiq mahalliy sayyohlar tashrifi kutilmoqda.
Namanganda xalqaro asal festivali boshlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar