
Yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari 9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqardi, deb xabar berdi Energetika vazirligi. Hozirda mamlakatda jami quvvati qariyb 4,7 gigavatt bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda.
Yashil energiyadan foydalanish natijasida 2,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejab qolindi va atmosferaga taxminan 4 million tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olindi. 2025 yil boshidan buyon mamlakatdagi gidro, quyosh va shamol elektr stansiyalari jami 14,5 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqargan.
Mamlakatdagi umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmida yashil energiya ulushi 23 foizni tashkil etadi. Bu miqdor 7,5 millionta xonadonga o‘n oy davomida elektr energiyasi yetkazib berishga yetarli.
O‘zbekistonda yashil energiya ishlab chiqarish 9 mlrd kVt·soatga yetdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar