date

Telegram tasdiqlash kodlarini WhatsApp orqali yubormoqda


Telegram messenjeri Rossiyadagi foydalanuvchilarga tasdiqlash kodlarini WhatsApp orqali yuborishni boshladi. Bu haqda Durov Kode nashri xabar berdi.

Yangi funksiya Rossiyaning ayrim hududlarida SMS orqali avtorizatsiya barqaror ishlamayotgan holatlar uchun muqobil yechim sifatida joriy etildi. Telegram tasdiqlash kodlarini yuborish uchun CodeVerify nomli WhatsApp hisobidan foydalanmoqda.

Xabarda olti xonali tasdiqlash kodi va quyidagi ogohlantirish mavjud: “Sizning tasdiqlash kodingiz. Xavfsizlik maqsadida uni boshqa odamlarga bermang.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram tasdiqlash kodlarini WhatsApp orqali yubormoqda