date

O‘zbekiston va Xitoy savdo aylanmasi $14 mlrd.ga yetdi


O‘tgan yili O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 14 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Mamlakatda Xitoy bilan 5 mingga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda so‘z yuritildi. Yil boshidan buyon O‘zbekistonga Xitoydan 15 milliard dollarga yaqin investitsiyalar jalb qilindi.

Qo‘shma texnologik loyihalar portfeli esa 90 milliard dollarga yaqinlashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy temir yo‘l loyihasi hamda uning xalqaro yo‘nalishlarga bog‘lanishi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, «yashil» va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma va agrosektor sohalaridagi loyihalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, noyabr oxirida O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Xitoy savdo aylanmasi $14 mlrd.ga yetdi