date

O‘zbekiston olimlari suv-havoni tozalaydigan qurilma yaratdi

O‘zbekiston olimlari suv-havoni tozalaydigan qurilma yaratdi

Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan biologik asosda olingan ko‘p qatlamli grafen yaratildi. Shuningdek, aynan shu material asosida suvni tozalashga mo‘ljallangan Water-Tol nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi ham ishlab chiqildi.

So‘nggi yillarda grafen, uglerod nanotrubkalari, fullerenlar va grafen oksidi kabi uglerod asosidagi materiallar keng tadqiq etilmoqda. Ular mustahkam va o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, ayrim hollarda ishlab chiqarishda zaharli moddalar qo‘llanilgani sababli tibbiyotda qo‘llash cheklangan.

Fanlar akademiyasi olimlari yaratgan ko‘p qatlamli grafen esa biologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu nanokarbon materiali inson to‘qimalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, yara bitishini tezlashtiradi, hamda bakteriya, virus va zamburug‘larga qarshi faollikka ega. Shuningdek, hujayra va to‘qimalarning tiklanishini rag‘batlantirishi aniqlangan.

Mutaxassislar bu materialni inson organizmi bilan mos keluvchi, ya’ni biomos yangi avlod materiali sifatida baholamoqda. U tibbiyotda yaralarni davolash va antibakterial qoplamalarda, farmatsevtikada dori tashuvchi sifatida, sanoatda esa mustahkam va chidamli materiallar tayyorlashda qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur ko‘p qatlamli grafen suv va havoni tozalash, zararli moddalar va radionuklidlarni yutib olishda ham yuqori samaradorlikka ega ekani qayd etilmoqda. Olimlar ta’kidlashicha, u grafen oksididan farqli ravishda tarkibida kislorodli guruhlarni saqlamaydi, shu bois tibbiyot va ekologiya uchun xavfsiz hamda istiqbolli innovatsion materiallar qatoriga kiritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston olimlari suv-havoni tozalaydigan qurilma yaratdi